APL grandlari yosh iste’dod uchun kurashmoqda
APLning grand jamoalari Niderlandiyaning "Zvolle" klubi safida harakat qilib kelayotgan Yadil Pereyra de Gamaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, 15 yoshli yarim himoyachini ayni vaqtda "Tottenxem", "Chelsi", va "Manchester Siti" klublari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Hozirda Yadil bilan Londonning "Chelsi" klubi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, Niderlandiya chempionatining Oliy ligasida "Zvolle" jamoasi safida asosiy tarkibda o‘ynamoqda.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum klubi safida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.



Fikrlar