
APL hakamlari Kazemironi ilk mavsumdayoq ikkinchi marta "siyladi"
Yakshanba kuni "Manchester Yunayted" Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida "Sautgempton"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Birinchi bo‘limdayoq Erik ten Xag jamoasi ozchilikda qoldi. Kazemiro qo‘pollik uchun qizil kartochka oldi.
Braziliyalik futbolchi uchun bu uning faoliyatidagi ikkinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chetlatilishidir. Birinchisi 4 fevral kuni "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda olgandi. Shu paytgacha Kazemiro faqat ikkita sariqdan so‘ng qizil kartochka olgan edi va bu ham Madridda ikki marta sodir bo‘lgan.
Fikrlar