APL. Kelasi mavsum evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar nomi aniq bo‘ldi
Muhammadqodir Ruzmatov
Mavsum yakunlandi.
Angliya Premier-ligasining 2025/26 yildgi mavsumi yakunlandi va evrokuboklarga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Kelasi mavsum Chempionlar ligasida “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Aston Villa” va “Liverpul” ishtirok etadi.
“Bornmut” hamda “Sanderlend” Yevropa ligasiga yo‘llanma olgan bo‘lsa, “Brayton” Konferensiyalar ligasida qatnashadi.
Shuningdek, “Kristal Pэlas” ham evrokuboklarga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Jamoa Konferensiyalar ligasi finalida “Rayo Valyekano”ni mag‘lub etsa, Yevropa ligasi yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Izohlar (0)