APL klubi rekord narxga sotib olgan hujumchisi bilan xayrlashmoqchi
Germaniyalik hujumchi Nik Voltemade yozgi transfer oynasida "Nyukasl"ni tark etishi mumkin. Bu haqida Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" kelasi yozda yangi hujumchi sotib olishni reja qilishgan. "Nyukasl" avgust oyida klub uchun rekord darajadagi 75 million yevroga sotib olingan 23 yoshli Voltamadeni ham sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Klub muxlislari 13 o‘yindan beri gol ura olmayotgan Voltamadening o‘yinidan norozi bo‘la boshlashdi.
"Qarg‘alar" tarkibida Voltemade barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Hujumchining "Nyukasl" bilan mehnat shartnomasi 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar