APL klublari YEChLda ajoyib natija qayd etmoqda
"Arsenal" Yevropa chempionlar ligasi finaliga chiqqan soʻnggi yillardagi beshinchi APL klubiga aylandi.
2019 yildan buyon finalda shuningdek "Liverpul" (ikki marta), "Manchester Siti" (ikki marta), "Chelsi" va "Tottenxem" ishtirok etgan.
Boshqa chempionatlar orasida eng yaxshi natija Germaniyaga tegishli — "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" finalga chiqqan.
Maʼlumot uchun, "kononirlar" bosh sovrin uchun "Bavariya" — PSJ juftligi gʻolibi bilan kurash olib boradi.

Fikrlar