APL. Kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan uchrashuvda "Bornmut" kambek amalga oshirib, "Fulxem"ni mag‘lub etdi

  • 04.10.2025 01:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan "Bornmut" - "Fulxem" klublari o‘rtasidagi bellashuvda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 
 
Dastlab, birinchi bo‘limda jamoalar darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Rayan Sessenon hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib esa Antuan Semeno oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. 84-daqiqaga kelib Jastin Klyuyvert uzoqdan chiroyli zarba yo‘llab gol urib, hisobda jamoasini oldinga olib chiqdi. Shuningdek, Antuan Semeno 90+6-daqiqada oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi.
 
Ushbu bellashuvdan so‘ng "Bornmut" ochkolar sonini 14 taga etkazib olib, 2-o‘ringacha ko‘tarildi. "Fulxem" esa 8 ochko bilan 11-o‘rinda qolmoqda.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
52.png

AFK Bornmut

  • Justin Kluivert 84'
  • Antoine Semenyo 78'
  • Antoine Semenyo 90'
Tugadi
3 : 1

04.10.2025 00:00

11.png

Fulhem

  • Ryan Sessegnon 70'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!