APL. Lempard jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
APL 36-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Everton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
6-daqiqada Mikolenko hisobni ochdi. Biroz o‘tib Daka muvozanatni tikladi. 30-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xolgeyt jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "irischilar" ochkolari sonini 35 taga etkazib olgan holda, 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 42 ochkosi bor "Lester" 14-pog‘onani band etgan.



Fikrlar