
APL. "Liverpul" "Arsenal" maydonida yirik hisobda zafar quchdi
Angliya Premer-ligasi 30-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Liverpul" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin durangga qarab ketayotgan bir paytda, Yurgen Klopp Diogu Jotani maydonga tushirdi. Portugaliyalik futbolchi dubl qayd etib, jamoasi o‘yiniga mazmun olib kirdi. Shuningdek, yana bir gol Muhammad Salah tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, markaziy o‘yinni yirik hisobda o‘z foydasiga hal etgan mersisaydliklar ochkolari sonini 49 taga etkazib olgan holda, 5-o‘ringa qo‘tarildi. 3 ta to‘p farqi bilan yutqazgan "Arsenal" 9-pog‘onani band etgan. London klubi hisobida 42 ochko mavjud.
Fikrlar