
APL. "Manchester Siti" chempion va boshqa natijalar
Amaldagi chempion "Manchester Siti" safarda "Brayton" bilan kuch sinashdi va 4:1 hisobida zafar quchib, o‘z hisobidagi ochkolar sonini 98 taga etkazgan holda qatorasiga ikkinchi marta APLda g‘olib chiqdi.
97 ochko to‘plagan "Liverpul" esa 2-pog‘ona bilan cheklandi. Shuningdek "Chelsi" va "Tottenxem" 3 hamda 4-o‘rinlarni egallagan holda EChL yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Fikrlar