APL. "Manchester Siti" "Nyukasl"ni taslim etib, "Arsenal" bilan farqni 2 tagaq qisqartirib oldi
Angliya Premier-ligasining 27-turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" o‘z uyida "Nyukasl Yunayted"ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va peshqadam "Arsenal" bilan farqni 2 tagaqcha qisqartirdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov esa ikkinchi bo‘lim avvalida Ruben Diash o‘rniga zahiradan o‘yinga qo‘shildi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Niko O'Rayli kuchli zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 22-daqiqada Lyuis Xollning zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi va hisob tenglashdi. Angliyalik himoyachi 27-daqiqada dublni rasmiylashtirdi va jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 28 fevral kuni "Lids"ga qarshi o‘tkazadi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Manchester Siti
- Nico O'Reilly 27'
- Nico O'Reilly 14'
Tugadi
2
:
1
22.02.2026 01:00
Nyukasl Yunayted
- Lewis Hall 22'
Fikrlar