
APL. "Manchester Siti" Xoland maydonga tushmagan o‘yinda kambek amalga oshirdi
Premer-liganing 16-turidan o‘rin olgan "Luton Taun" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda hisobni mezbonlar ochganiga qaramay, Gvardiola shogirdlari ikki marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin manchesterliklar turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib oldi. "Luton" esa 18-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar