APL. "Manchester Siti" Xolandning dubli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
APLning 24-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Everton" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "shaharliklar" ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ikkala golga ham norvegiyalik hujumchi Erling Xoland mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin manchesterliklar turnir jadvalida 52 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi. "Everton" esa 19 ochko to‘plagan holda 18-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar