APL. "Manchester Yunayted" bir kishi ko‘p bo‘la turib, "Nyukasl"ga mag‘lub bo‘ldi

  • 05.03.2026 03:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 29-turida "Manchester Yunayted" safarda "Nyukasl Yunayted"ga 1:2 hisobida yutqazdi.

Birinchi bo‘limning 46-daqiqasida maydon egalari yarim himoyachisi Jeykob Remzi jarima maydonida o‘zini tashlagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6-daqiqada Entoni Gordon penalti­ni aniq amalga oshirdi. Qo‘shimcha daqiqalarning 9-daqiqasida esa Kazemiro hisobni tenglashtirdi.

90-daqiqada klub hujumchisi Uilyam Osula g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa, Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Bunga qadar murabbiy 6 g‘alaba va bir durangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan edi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
20.png

Nyukasl Yunayted

  • Anthony Gordon 45'
  • William Osula 90'
Tugadi
2 : 1

05.03.2026 01:15

14.png

Manchester Yunayted

  • Casemiro 45'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!