APL. "Manchester Yunayted" o‘z uyida qiyinchilik bilan "Nyukasl"ni taslim etdi

  • 27.12.2025 02:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining 18-turida Ruben Amorim boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Nyukasl"ni qabul qilib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi. 
 
Qiyin kechgan bahsda manchesterliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bellashuvdagi yagona golga esa 24-daqiqada Patrik Dorgu "qarğalar" darvozasini ishg‘ol qilib, MYu safidagi ilk golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 29 taga yetkazib olib, 5-o‘ringa chiqib oldi va 4-o‘rindagi "Chelsi" bilan ochkolar bo‘yicha tenglashdi. 

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
14.png

Manchester Yunayted

  • Patrick Dorgu 24'
Tugadi
1 : 0

27.12.2025 01:00

20.png

Nyukasl Yunayted

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!