
APL. Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi
Angliya Premer-ligasi noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi.
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot oyning eng yaxshisi bo‘lgan bo‘lsa, uning qo‘l ostida to‘p surayotgan Muhammad Saloh eng yaxshi futbolchi deb topildi.
O‘tgan oyda "qizillar" APLda 3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba qozonishgan. Ushbu uchrashuvlarda misrlik hujumchi 4 ta gol va bitta assist amalga oshirdi.
Fikrlar