Asosiy mazmunga oʻtish

APL. "Nyukasl" soʻnggi daqiqada gʻalabani qoʻlga kiritdi. MYu autsayder bilan durang oʻynadi

  • Izohlar: 0
  • Futbol

APLning 21-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi. 

Bu turda “Manchester Yunayted” “Börnli” maydoniga safar qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab uchrashuvning 13-daqiqasida MYU himoyachisi Heven o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, qoydi. Bahsning 50 va 60-daqiqalarida Sheshki dublni rasmiylashtirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bellashuvning 66-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Entoni gol kiritib, “Börnli”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ikkinchi uchrashuv “Nyukasl” va “Lids” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan bellashuvda Eddi Hau shogirdlarining qo‘li baland keldi. O‘yin 4:3 hisobida yakunlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q