
APL o‘yinida futbolchi hushidan ketdi
Angliya Premer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan "Bornmut" va "Luton Taun" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida mehmon jamoa himoyachisi va sardori Tom Loker xushini yo‘qotgani sababli o‘yin to‘xtatildi. Shifokorlar tezda futbolchiga yordam berish uchun maydonga yugurishdi.
Stadion tribunalaridagi muxlislar Lokerni qo‘llab-quvvatlab, uning ismini hayqirishdi. Loker bilan nima sodir bo‘lganligi hali ham noma’lum.
Fikrlar