APL. Qoldirilgan o‘yinda sensatsion natija qayd etildi

  • 24 fevral, 2022, 02:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 13-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Byornli" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Mezbonlar futbolchisi Ben Mi tomonidan 71-daqiqada kiritilgan gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi. 

Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng "shporlar" hisobidagi 39 ochko o‘zgarmay qoldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 7-o‘rinni band etgan. 20 ochkoga ega "Byornli" 18-pog‘onada bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!