APL. Ronalduning xet-trigi MYuga g‘alaba keltirdi

  • 13 mart, 2022, 00:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 29-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mankunialiklar safida Ronaldu xet-trik muallifiga aylandi. "Shporlar"dan Keyn gol urgan bo‘lsa, Maguayr o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "qizil iblislar" ochkolari sonini 50 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 45 ochkosi bor Konte shogirdlari 7-pog‘onani band etgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!