
APL tarixidagi eng kuchli hujumchilar reytingi tuzildi
"Give Me Sport" portalida Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar reytingi e’lon qilindi. Reytingni tuzishda yuqori divizionda urilgan gollar, individual yutuqlar, APLda qo‘lga kiritilgan sovrinlar hamda hujumchining o‘z klubidagi ahamiyati kabi mezonlar hisobga olingan.
Birinchi o‘rinni sobiq "Arsenal" hujumchisi Terri Anri egalladi – u Premer-ligada 175 ta gol urgan. Ikkinchi o‘ringa APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer joy oldi – uning hisobida 260 ta gol bor. Kuchli uchlikni esa Ueyn Runi yakunladi, u 208 ta gol kiritgan.
Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Xarri Keyn, Serxio Aguero, Erik Kantona, Dennis Bergkamp, Endi Koul, Dide Drogba va Luis Suares ham o‘rin olgan.
Fikrlar