APL. "Tottenxem" Lempard jamoasini yanchib tashladi

  • 08.03.2022 02:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APL 28-turida "Tottenxem" hamda "Everton" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bahsda mezbonlar 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Ushbu bahsda Xarri Keyn dubl muallifiga aylandi. Son va Regilon ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, "irischilar" futbolchisi Kin avtogol urib, "shporlar"ning yirik g‘alabasini "hissa qo‘shdi". 

Mazkur natijadan so‘ng London klubi ochkolari sonini 45 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. 22 ochkoga ega Lempard shogirdlari 17-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!