
APL. "Tottenxem" o‘z maydonida "Liverpul"ga mag‘lub bo‘ldi, Salohdan dubl
APL 15-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Liverpul" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari mersisaydliklarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Qizillar" safida Muhammad Saloh dubl muallifiga aylandi. Londonliklarning yagona goli Xarri Keyn tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 19 taga etkazib olgan Klopp shogirdlari APL turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 26 ochkosi bor "shporlar" 4-pog‘onani band etgan.
Fikrlar