APL. "Tottenxem" oʻz maydonida "Nyukasl"ga magʻlubiyatga uchradi, "Everton" esa "Bornmut"ga yengildi
Bilolbek Imomov
Uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi
Angliya Premier-ligasining 26-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Tomas Frank boshchiligidagi "Tottenxem" o‘z maydonida "Nyukasl Yunayted" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 45+5-daqiqada Malik Tshau "qarğalar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada Archi Grey farqni yo‘qqa chiqarib, londonlik muxlislarga yaxshi kayfiyat berayotgan bir vaqtda 68-daqiqaga kelib, Jeykob Remzi mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bahsda esa Mersisaydning "Everton" klubi o‘z uyida 10 kishi bo‘lib qolib, "Bornmut"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Izohlar (0)