APL. "Tottenxem" qulashda davom etmoqda. Jamoa o‘z uyida "Kristal Pelas"ga yutqazdi

  • 06.03.2026 03:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 29-turida "Tottenxem" o‘z uyida "Kristal Pelas"ni qabul qildi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab, 34-daqiqada mezbonlar futbolchisi Dominik Solanke hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Ismaila Sarr o‘yinda muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Yorgen Strand Larsen gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shuningdek, Sarr yana bir bor o‘z nomiga gol yozdirib, hisobni yiriklashtirdi — 1:3.

Shu tariqa, "burgutlar"ning ochkolari soni 38 taga yetdi va ular turnir jadvalidа 13-o‘rinda bormoqda. "Shporlar" esa 29 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinni egalab turibdi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
6.png

Tottenhem

  • Dominic Solanke 34'
Tugadi
1 : 3

06.03.2026 01:00

51.png

Kristal palas

  • Jørgen Strand Larsen 45'
  • Ismaïla Sarr 40'
  • Ismaïla Sarr 45'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!