APL. "Tottenxem" so‘nggi daqiqada gol urib, "Liverpul"ni g‘alabadan mahrum qildi
APLning 30-turidan o‘rin olgan bahsda "Liverpul" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Dastlab, 18-daqiqada Dominik Soboslai jarima zarbasidan aniq o‘ynab, hisobni ochdi. Uchrashuvning asosiy qismida mezbonlar ustunlikni saqlab turdi. Biroq 90-daqiqada mehmonlar hujumchisi Risharlison katta sahnaga chiqib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, "mersisaydliklar"ning ochkolari soni 49 taga yetdi va ular turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. "Shporlar" esa 30 ochko bilan 16-pog‘onani egalab turibdi.
Fikrlar