APL. "Tulkilar" safardan "o‘ljasiz" qaytadigan bo‘ldi

  • 20 fevral, 2022, 23:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLda 26-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turni yakunlab bergan o‘yinda "Vulverxempton" o‘z maydonida "Lester"ni qabul qildi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

9-daqiqada mezbonlar futbolchisi Ruben Nevish hisobni ochdi. 41-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Ademola Lukman muvozanatni tikladi. 66-daqiqada Daniel Podense "bo‘rilar"ning g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ayni vaqtda 40 ochko to‘plashga erishgan "Vulvz" 7-o‘rinni band etgan. 27 ochkosi bor "tulkilar" 11-pog‘onadan joy olgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!