APL. Turning markaziy bellashuvida "Liverpul"ning qo‘li baland keldi. "Tottenxem" esa o‘yin so‘nggida 9 kishi bo‘lib qoldi

  • 21.12.2025 00:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 17-turida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" safarda Londonning "Tottenxem" klubi bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. 
 
Ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushgan Aleksander Isak Florian Virtsning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Ekitike mersisaydliklar safidagi navbatdagi golini kiritgan holda, farqni 2 taga oshirib qo‘ydi. Lekin 83-daqiqada Risharlison "shporlar"ning uchrashuvdagi birinchi golini urib, hisobni qisqartirdi. O‘yinning qolgan vaqtida esa Tomas Frank shogirdlari hisobni tenglashtira olishmadi. 

Shuningdek, bahsning 33-daqiqasida Xavi Simons Virjil van Deykka nisbatan ishlatgan qo‘polligi sabab qizil kartochka bilan jazolandi. 90+3-daqiqada esa Kristian Romero ham qizil olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
 
Ma’lumot o‘rnida, mersisaydliklar ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 29 taga etkazib oldi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. "Tottenxem" esa 22 ochko bilan 13-o‘ringa tushib ketdi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
6.png

Tottenhem

  • Richarlison  83'
Tugadi
1 : 2

20.12.2025 22:30

8.png

Liverpul

  • Hugo Ekitiké 66'
  • Alexander Isak 56'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!