APLda mavsum murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum

  • 14.05.2026 18:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasi X ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025/26 yilning “Eng yaxshi murabbiysi” nominatsiyasiga da’vogar mutaxassislar ro‘yxatini e’lon qildi.

Kit Endryus ("Brentford"): 36 o‘yin, 14 g‘alaba, 9 durang, 13 mag‘lubiyat;

Mikel Arteta ("Arsenal"): 36 o‘yin, 24 g‘alaba, 7 durang, 5 mag‘lubiyat;

Maykl Kerrik ("Manchester Yunayted"): 15 o‘yin, 10 g‘alaba, 3 durang, 2 mag‘lubiyat;

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"): 36 o‘yin, 23 g‘alaba, 8 durang, 5 mag‘lubiyat;

Andoni Iraola ("Bornmut"): 36 o‘yin, 13 g‘alaba, 16 durang, 7 mag‘lubiyat;

Rejis Le Bri ("Sanderlend"): 36 o‘yin, 12 g‘alaba, 12 durang, 12 mag‘lubiyat.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Angliya chempionatida “Arsenal” yetakchilik qilmoqda. Arteta shogirdlari 36 o‘yinda 79 ochko to‘plagan. Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" (77 ochko), uchinchi o‘rinda esa "Manchester Yunayted" (65 ochko). Mavsum yakuniga qadar ikki tur qoldi.

HIRf2DoW8AAXVVf?format=jpg&name=small

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!