APLda oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi!

  • 07.11.2025 17:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" jamoasining vingeri Brayan Mbemo Angliya Premer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.

Mbemo ushbu davr mobaynida uchta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mukofot uchun quyidagi futbolchilar ham da’vogar bo‘lishgan edi:
Matti Kesh ("Aston Villa"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Erling Xoland ("Manchester Siti"), Eli Junior Krupi ("Bornmut"), Nordi Mukiele ("Sanderlend"), Igor Tiago ("Brentford"), Yurrien Timber ("Arsenal").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!