"Сити" APLda "Old Trafford"da 10 ta oʻyinda gʻalaba qozongan birinchi klubga aylandi
«Manchester Siti» derbi uchrashuvida maydonda bir oʻyinchidan ayrilgani qarama-y, «Manchester Yunayted» ustidan muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi. Bellashuv taqdirini norvegiyalik hujumchi Erling Xolann urgan gol hal qildi.
Bu gʻalaba «Manchester Siti» uchun Angliya premyer-ligasi doirasida «Manchester Yunayted» maydonida qayd etilgan oʻninchi muvaffaqiyat boʻldi. Statistika 1992 yildan, yaʼni premyer-liga tashkil etilgan davrdan buyon hisoblanadi.
Shu tariqa «Manchester Siti» raqib maydonida oʻn marta gʻalaba qozongan ilk klub sifatida tarixga kirdi.
Qiyos uchun, «Old Trafford»da «Liverpul» sakkiz bor, Londonning ikki klubi — «Arsenal» va «Chelsi» esa olti marta-dan gʻalaba qozongan.
Yangi natijalardan soʻng turnir jadvalidа «Manchester Siti» ikkinchi oʻringa koʻtarildi, «Manchester Yunayted» esa hozircha faqat oʻn uchinchi pogʻonada bormoqda.

Fikrlar