APLda o‘ynolmagan qariya futbolchi sobiq jamoasiga qaytmoqchi
“Kristal Pelas” klubi darvozaboni Stiv Mandanda sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.
L’Equipe nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, 31 yoshli futbolchi biroz vaqt oldxin “Marsel” klubi sport direktori Antoni Subisarreta bilan uchrashgan.

Qayd etish joiz, Mandanda “provansallar” safini joriy mavsum boshlanishi arafasida tark etgandi. Uning “saroyliklar” bilan shartnomasi esa 2019 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, asli kelib chiqishi Kongo DR bo‘lgan futbolchi joriy mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z davozasidan 17 ta to‘p olib chiqqan.
Benteka Krimetsga jamoadosh bo‘lishi mumkin edi, ammo...
“Birmingem” Sako bilan muzokaralar olib bormoqda

Fikrlar