APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Angliya Premer-ligasida sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner topildi.
U sovrin uchun kurashda Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Mikel Arteta ("Arsenal") va Roje le Bris ("Brayton") kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi.
Glasner boshqaruvida "Kristal Pelas" sentyabr oyidagi uchta o‘yinda etti ochko jamg‘ardi: jamoa "Sanderlend" bilan 0:0 hisobida durrang o‘ynadi, keyin esa "Vest Xem" va "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hozirgi vaqtda "Kristal Pelas" APLning jadvalida 12 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar