
APLdan yana virus chiqdi
Angliya premer-ligasi futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlaridan koronavirusga qarshi olingan 7-test natijalarini ma’lum qildi.
8-9 iyun kunlari 1213 ta odamdan test olingan va ulardan bittasi musbat natija bergan.
Bungacha olingan 6 ta testda jami 6 274 ta odam tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularda Covid-19 bilan bog‘liq 13 ta holat qayd etilgan edi.
APLda mavsum 17 iyundan davom ettiriladi. Hozircha “Liverpul” musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar