APLni yondirayotgan Reshford haqida eng qiziqarli sakkizta fakt!

  • 13 fevral, 2023, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford oxirgi o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiborini yana o‘ziga qaratdi. Ronaldu ketgach, u tobora "qizil iblislar"ning asosiy o‘yinchisiga aylanib bormoqda. Biroq hammasiga portugaliyalik yulduzning ta’siri bor, degan fikrda emasmiz.

Tecno

Endi asosiy mavzuga qaytsak, taniqli "Goal.com" nashri angliyalik iqtidor sohibi borasida ayrim qiziqarli faktlarni yig‘ib chiqdi. Biz mana shu materialning o‘zbekcha variantini kuzatuvchilar e’tiboriga havola etamiz. 

reshford

8. "Manchester Siti" akademiyasidan chiqqan shovvoz.

Markus Reshford ayni paytda Manchesterning "qizil" tomonida alohida shon-shuhratga ega. Biroq uni "Manchester Siti" akademiyasidan chiqqan, desak qanchalik hayron qolasiz?! Xoh ishoning, xoh ishonmang, Markus aynan shu klub akademiyasida mashg‘ulot olib borgan. Futbolchining bolaligi Felloufild shaharchasida kechgan. Bu erda u "shaharliklar"ning "Platt Leyn" akademiyasiga qatnab yurgan. 

Shu tarzda davom etaverganda Reshford "Siti" futbolchisi sifatida ham nom qozonishi mumkin edi. Biroq taqdir hazili ila u "qizil iblislar" tarkibida o‘z o‘rnini topdi. 

7. Omadsiz "Tilla Yigit".

"Super Resh" ikki marotaba "Golden Boy" mukofotini qo‘lga kiritishga yaqin kelgan. Biroq 2016 va 2017 yillarda sovrin boshqa yigitlarga nasib etgan. 2016 yilda Portugaliya bilan Evropa chempionatida g‘olib chiqqan Renatu Sanchesh g‘olib, deb topilgan bo‘lsa, keyingi yilda Kilian Mbappe Markusni dog‘da qoldirgan.

Reshford 2016/2017 yilgi mavsumda umumiy hisobda 53 bahsda ishtirok etgan. Mazkur o‘yinlarda u o‘z nomiga 11 ta gol va 7 ta assist qayd etgan. Shuningdek, qiziqqon yigitcha 3 marotaba sariq kartochkaga loyiq ko‘rilgan. 

6. Angliyaning Evrodagi eng yosh debyutanti. 

Angliyalik yosh iqtidor sohibi terma jamoada Evropa chempionatlarida debyut qilgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. U 18 yosh 229 kunligida Evropa birinchiligida ilk uchrashuvini o‘tkazgan.

"Evro-2016" inglizlar uchun kutilganidek omadli kelmadi. "Uch sherlar" guruhda Uels, Slovakiya va Rossiya bilan kuch sinashdi va 5 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nimchorak finalda esa jamoa o‘sha vaqtda sensatsiyalar yaratib tashlayotgan Islandiyaga ro‘baro keldi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, terma musobaqadan erta chiqib ketdi.

resh_1

5. Reshfordning oilasi "Siti" muxlislari. 

Reshfordning oilasidigi yaqinlari "Manchester Siti"ga muxlislik qilishgan. Oilaning deyarli yarmi "shaharliklar" o‘yinini maroq ila tomosha qilishardi. Biroq vaziyat tubdan o‘zgarib ketgach, oila ham sevimli klubini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

4. Doktorlik darajasiga ega chiqqan yulduz.

Markus 2020 yilda bolalar qashshoqligiga qarshi kurashuvchi kompaniyaning e’tirofiga ko‘ra, Manchester universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor bo‘lgan. U bu nomga sazovor bo‘lgan eng yosh doktor bo‘ldi.  

3. Runi va Ronalduning muxlisi.  

Ha, iste’dodli hujumchi yoshligidan Ueyn Runi va Krishtianu Ronalduning muxlisi bo‘lib kelgan. Keyinchalik uning orzusi amalga oshdi. "Super Resh" ikkala yulduz bilan ham bir jamoada to‘p tepdi. Hozirgi formasini ushlab tursa, uni Ronaldudan kam darajaga chiqmasligi taxmin qilinmoqda. Ammo taqqoslashlar orasida qolib ketish nimaligini MYuda o‘ynagan charm to‘p ustalari juda yaxshi biladi. Agar Markus muxlis va jurnalistlar bosimidan muvaffaqiyatli chiqib keta olsa, uning yuksak marralarni zabt etishiga shubha yo‘q. 

rashron

2. "Manchester derbisi"da gol urgan eng yosh futbolchi.

Reshford yoshligida juda ko‘p rekordlarni buzishga muvaffaq bo‘lgan. Shulardan biri "Manchester derbisi"ga tegishli. 2016 yilgi to‘qnashuvda qahramonimiz o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yadi. Bu orqali u derbida gol urgan 

1. Xayriya ishlarida faol qahramon.

"Super Resh" maydon tashqarisida, xususan, xayriya sohasidagi faoliyati bilan ham yaxshigina tanilishga ulgurgan. U bolalarning qashshoqligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarda faol ishtirok etdi va o‘z platformasidan ushbu muhim muammolar haqida xabardorlikni oshirish uchun yuqori darajada ish olib bordi.

2020 yilda Reshford yoz oylarida kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun hukumatning maktabda bepul ovqatlanish dasturini uzaytirish kampaniyasini boshladi.

Uning kampaniyasi muvaffaqiyatli o‘tdi va hukumat qiyin paytlarda oilalarni qo‘llab-quvvatlab, dasturni tugatish haqidagi avvalgi qarorini bekor qildi. Markus muhtoj oilalarni himoya qilishda davom etdi, oziq-ovqat banklari va boshqa tashkilotlar bilan yordam ko‘rsatish va oziq-ovqat qashshoqlikni qisqartirishda sidqidildan ish olib bordi va o‘z amaliy ko‘magini ayamadi. Uning bu harakatlari tahsinga sazovor, albatta! Biz futbolchining keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. U o‘zini sindirib qo‘ymasa, yuqori natijalar qayd etishga munosib insoon.

 

Ingliz tilidan Shohrux Zoirov tarjimasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!