APLning 17-tur uchrashuvlari yakunlandi. Turnir jadvalidagi holat qanday?

  • 23.12.2025 03:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun "Fulxem" - "Nottingem Forest" jamoalari ishtirokidagi to‘qnashuv orqali Angliya Premer-ligasining 17-turi ham o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Ushbu tur doirasida muxlislar bir necha qiziqarli bellashuvlar guvohi bo‘ldi. Londonning "Tottenxem" klubi o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, 2:1 hisobida engildi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" esa "Vest Xem"ni yirik 3:0 hisobida taslim etdi. Shuningdek, "Arsenal" "Everton"ni minimal hisobda engdi, "Chelsi" esa "Nyukasl" bilan jangovar durangga imzo chekdi. "Aston Villa" o‘z uyida Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"ini taslim etdi (2:1). 
 
Mazkur qiziqarli bahslardan so‘ng jamoalarning turnir jadvalidagi holati ham o‘zgardi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!