APLning eng yaxshi futbolchilari reytingi e'lon qilindi

  • 18.08.2026 12:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur ESPN nashri Angliya premyer-ligasida hozirgi kunda eng kuchli deb baholanyotgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

 

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand egalladi. Undan keyingi pog‘onada «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh joy olgan. Uchinchi o‘ringa esa «Arsenal»ning markaziy yarim himoyachisi Deklan Rays qo‘yilgan.

 

Beshlikka kirgan yana ikki futbolchi ham «Arsenal» sharafini himoya qiladi. Ular – jamoaning tezkor hujumchisi Bukayo Saka va ishonchli markaziy himoyachisi Vilyam Saliba.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!