APLning grand klublari "Barsa" futbolchisini nishonga oldi!

  • 13 may, 14:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopez ushbu yozgi transferlar oynasida o‘z jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" portali jurnalistlari xabar berdi. 
 
Manbaning yozishicha 22 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" hamda Londonning "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Klublar futbolchi uchun o‘rtacha 35 million evro taklif qilishdi. Biroq, "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi uchun 50 million talab qilmoqda. Ferminning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro etib belgilangan. 
 
Ma’lumot uchun, Fermin joriy mavsum "Barsa" safida umumiy 25 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

G‘afurov Asqarbek

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!