
APLning yangi mavsum taqvimi e’lon qilindi
Angliya premer-ligasi yangi 2019/20 yilgi mavsum taqvimini e’lon qildi. Unga ko‘ra yangi mavsum 9 avgust kuni start oladi va 17 may kuni nihoyasiga etadi.
Yangi mavsumda ham yana chempionlik uchun asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilayotgan “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 9 noyabr kuni “Enfild”da bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi javob bahsi esa 4 aprel kuni “Etixad”da bo‘ladi.
1 – tur. Juma, 9 avgust
«Liverpul» – «Norvich»
Shanba, 10 avgust
«Vest Xem» – «Manchester Siti»
«Bornmut» – «Sheffild Yunayted»
«Byornli» – «Sautgempton»
«Kristal Pelas» – «Everton»
«Lester» – «Vulverxempton»
«Uotford» – «Brayton»
«Tottenxem» – «Aston Villa»
Yakshanba, 11 avgust
«Nyukasl» – «Arsenal»
«Manchester Yunayted» – «Chelsi»
Quyida to‘liq taqvim bilan tanishib olishingiz mumkin.
Fikrlar