
AQSh ayollar terma jamoasi mundiallar tarixiga kirdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Frantsiya yashil maydonlarida ayollar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning “F” guruhida kurash olib borayotgan AQSh terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi bahsda 2ta gol urdi va guruh bosqichida kiritgan gollari sonini 18 taga etkazib oldi. E’tiborlisi, ular shu tariqa jahon chempionatlari (erkaklar va ayollar) tarixida guruh bosqichida eng ko‘p gol urgan terma jamoaga aylanishdi. Bungacha ushbu rekord Vengriya (1954) hamda Norvegiya (1995) terma jamoalariga tegishli edi. Ular guruh bosqich o‘yinlarida 17tadan gol urishni udalashgan.
Fikrlar