AQSh maxsus xizmati "JCh-2026" xavfsizligi bo‘yicha bayonot berdi
AQSh Maxfiy xizmati 2026 yildgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati davomida xorijiy muxlislar xavfsizligi uchun asosiy mas'uliyat musobaqa o‘tkaziladigan shahar va shtatlar zimmasida bo‘lishini ma'lum qildi.
RIA Novosti agentligi AQSh shaharlar xorijiy muxlislar oqimiga qay darajada tayyorligi, qaysi xavflar eng jiddiy deb baholanyotgani hamda stadionlar, fan-zonalar, jamoalar mehmonxonalari, aeroportlar va transport uzellarida xavfsizlik choralar kuchaytirilishi haqida so‘rov yuborgan.
Maxfiy xizmat matbuot xizmati rahbari Entoni Gulyelmining ta'kidlashicha, federal idoralar xavfsizlik ishlarida ishtirok etsa-da, asosiy vazifa tadbir o‘tkazilayotgan shahar va shtat hokimiyati zimmasiga yuklatiladi.
U xavfsizlik rejalari bo‘yicha aniq ma'lumot olish uchun tegishli shahar va shtat idoralariga murojaat qilish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Ma'lumot uchun, 2026 yildgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar