
AQSh Rossiyaning mashhur klubiga qarshi sanktsiyalar qo‘lladi
AQSh moliya vazirligi Moskvaning TsSKA klubiga qarshi sanktsiyalar joriy qildi, deya xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.
Sanktsiyalarning sababi Rossiya Federatsiyasining DXR va LXR suverenitetini tan olishi bilan bog‘liq. Aytish kerakki, TsSKA VEB.RF davlat kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.
TsSKA ayni damda Rossiya premer-ligasi turnir jadvalida 18 turda 30 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. "Armiyachilar" navbatdagi o‘yinni 26 fevral kuni "Spartak"ga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar