
AQSh shaharlarida xavotir: 2026-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun pul etishmayapti
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi 2026-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan shaharlar musobaqani moliyalashtirish uchun mablag‘ etishmasligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Politic onlayn nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika shaharlarida logistika va xavfsizlik xarajatlari uchun millionlab dollar topish zarurati tufayli xavotir kuchaymoqda. Qayd etilishicha, har bir shaharga qo‘shimcha 150 million dollarga yaqin mablag‘ kerak.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. AQShdan 11 ta shahar, Meksikadan uchta, Kanadadan ikkita shahar mundialga mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar