Arablar superfutbolchiga “dahshatli” maosh taklif qildi

  • 27.07.2025 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining eng qudratli klublaridan “Al-Hilol” rahbariyati “Nyukasl” hujumchisi Aleksander Isaakni olish uchun juda katta qadam tashladi.

The Guardian nashrining ma’lumotiga ko‘ra, saudiyalik shayxlar shved to‘purariga haftalik 600 ming funt sterling miqdorida maosh taklif qilyapti. Bu summa soliqqa tortilmaydi va qo‘shimcha bonuslar ham ko‘z tutilgan.  

Aleksander Isaak “Nyukasl” bilan yangi shartnoma tuzish uchun haftasiga 300 ming funt maosh talab qilgan edi. “Qarg‘alar” bu talabni qondira olmagach, Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Isaak uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Futbolchining o‘zi ham mersisaydliklar safiga qo‘shilishga moyillik bildirgandi. Biroq “Al-Hilol” o‘rtaga tashlagan taklif hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Chunki liverpulliklar maosh masalasida shayxlar bilan raqobatlasha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!