Arbeloa “Bavariya”ga qarshi o‘yin oldidan uch nafar futbolchini tarkibdan chiqardi
- Zohir Toshxo'jayev
- Izohlar: 0
- Futbol
“Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi chorak finalida “Bavariya”ga qarshi javob oʻyini oldidan jamoaning ayrim futbolchilariga dam berishga qaror qildi.
Shu tariqa, La Liga doirasida “Jirona”ga qarshi boʻlib oʻtadigan uchrashuv uchun qaydnomaga uch nafar asosiy himoyachi — Trent Aleksander-Arnold, Alvaro Karreras va Antonio Ryudiger kiritilmadi.
“Real”ning “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasidagi javob oʻyini esa 15 apreldan 16 aprelga oʻtar kechasi Myunxenda oʻtkaziladi.
Ilk oʻyinda madridliklar “Santyago Bernabeu”da 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q