Arbeloa: "Bellingemda "Real" futbolchisi uchun kerakli barcha sifatlar bor"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning yulduz futbolchisi — yarim himoyachi Jud Bellingemni yuqori baholadi.
"Men faqat o‘zim ko‘rgan narsalar haqida gapirishim mumkin. O‘yinlarda ham, mashg‘ulotlarda ham Bellingem o‘z qobiliyati, texnikasi, yetakchilik fazilatlari va xarakteri bilan ajralib turdi. Uning bajarayotgan ish hajmi juda katta. Unda g‘alaba qozonish mentaliteti bor — “Real” futbolchisi uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlar unda mujassam. Men undan juda mamnunman", — dedi Arbeloa juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Ayni paytda "Real" Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va "Barselona"dan 1 ochko ortda qolmoqda.
Shanba kuni, 24 yanvar sanasida "qaymoqranglilar" safarda "Vilyarreal"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar