Arbeloa: "Mastantuono — ulkan salohiyatga ega futbolchi"

  • 08.02.2026 12:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning 18 yoshli yarim himoyachisi Franko Mastantuononing oʻyini haqida fikr bildirdi.

Argentinalik futbolchi madridliklar safidagi debut mavsumida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

"Mastantuono juda katta salohiyatga ega yosh futbolchi. U qanotda himoyachilarni aldab oʻta oladi va markazga siljib, toʻpni nazorat qiladi.

U oʻzining yuqori shiddati orqali jamoa oʻyiniga katta hissa qoʻshmoqda. Uning yanada oʻsishiga umid qilamiz. Kutilgan darajaga yetish oson emas, chunki “Real”da talablar juda yuqori.

Ammo uning oʻyinini koʻrganda, qanday ajoyib futbolchi ekanini darhol anglaysiz. U maydonda koʻrsatayotgan oʻyinidan juda mamnunman", — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!