Arbeloa: "Maydonda rejamizni to‘liq amalga oshirdik"

  • 15.02.2026 03:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Real Sosyedad" ustidan 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin og'ir bo'lishini bilardik, ammo hafta davomida juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va bu maydonda namoyon bo'ldi. Raqib agressiv o'ynashini, yuqori pressing qo'llashini bilardik. Ayrim paytlarda chuqurroq himoyaga o'tib, qarshi hujumlarga tayanishini ham kutgandik. Ularning tez qarshi hujumga chiqishini hisobga olgan holda, biz raqib yarim maydonida ustunlik qilishni, zarurat tug'ilganda himoyalanish va pressing qilishni maqsad qildik va buni amalga oshirdik.

Biz hali ham "Benfika"ga qarshi avvalgi o'yinni eslaymiz va qanday qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz. Joze Mourin'yo jamoalari, xususan "Benfika", doimo agressiv bo'ladi. Shuning uchun javob o'yini haqida o'ylamasdan, eng avvalo yaxshi o'yin ko'rsatishga e'tibor qaratishimiz kerak" – dedi Arbeloa klub telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!