Arbeloa Mbappening gaplari yolg‘onligini aytdi

  • 15.05.2026 10:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappeni jamoaning to‘rtinchi hujumchisi, deb atamagani ma’lum qildi.

La Liganing 36-turida madridliklar o‘z maydonida “Oviedo”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mbappe 69-daqiqada zahiradan maydonga tushgandi. O‘yindan keyin fransiyalik futbolchi boshlang‘ich tarkibga kiritilmaganini Arbeloa uni to‘rtinchi hujumchi, deb aytgani bilan izohlagan edi.

- Mening jamoamda to‘rtta hujumchi yo‘q. Men hech qachon Mbappega bunday gap aytmaganman. Balki u meni noto‘g‘ri tushungandir. Men unga to‘rtinchi hujumchi ekanini ayta olmasdim.

Agar men uni tarkibga qo‘ymasam, tabiiyki, u o‘ynamaydi. Men bosh murabbiyman, kim o‘ynashi va kim o‘ynamasligini men hal qilaman. O‘yindan oldin u bilan suhbatlashdim. U buni qanday tushunganini bilmayman. To‘rt kun oldin hatto qaydnomada bo‘lmagan futbolchi bugun asosiy tarkibda tushmasligi aniq edi, - dedi Arbeloa Marca nashriga.

Joriy mavsumda Kilian Mbappe Ispaniya chempionatida 24 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!