Arbeloa: "Mourin'yo men uchun oddiy murabbiydan ham uluğ"
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Joze Mourinyoning o‘zi haqida aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi.
Hozirda "Benfika"ni boshqarayotgan Mourinyo Chempionlar ligasida jamoalar o‘rtasidagi ertangi o‘yin oldidan Arbeloni o‘zining eng sevimli shogirdlaridan biri deb atagan edi.
Mourinyoning so‘zlari haqida
"Men bu gaplarni e’tiborsiz qoldirmadim. Futbolchi bo‘lgan paytimda ham uning so‘zlarini hech qachon o‘tkazib yubormasdim. Buni eshitish men uchun katta sharaf. Juda hayajondaman va xursandman, chunki u men uchun faqat murabbiy emas, undan ancha ulug‘ inson edi. U hayotimda juda muhim o‘rin tutgan va hozir men uni katta do‘stim deb bilaman. Ayni paytda unga minnatdorchilik bildirishni istayman".
Mourinyo — ibrat sifatida
"Albatta, u ibrat bo‘ladigan shaxs. Birinchi kuniyoq shuni aytgandim: unga taqlid qilishning iloji yo‘q, chunki bu muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Mening yutug‘im o‘zligimcha qolishda bo‘ladi, bunda esa Jozening ta’siri bor. Men undan ko‘p narsa o‘rganishga harakat qildim. U raqobatni qanchalik yaxshi ko‘rishini bilaman va ertangi kun hal qiluvchi bo‘ladi", — dedi Arbeloa.
Fikrlar