Arbeloa: "Real" uchun Chempionlar ligasini yutish La Ligaga qaraganda osonroq"

  • 20.04.2026 17:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning fikricha, Vadrid klubi uchun Chempionlar ligasida g‘olib chiqish La Ligaga qaraganda osonroq.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa La Ligada hali ko‘p jihatdan o‘sishi kerak va bir qator muammolarni hal qilish lozim.

"Oxirgi oylarda biz muhim o‘yinlarda va kuchli raqiblarga qarshi ancha yaxshiroq o‘ynadik, zaif jamoalarga qarshi o‘yinlarda esa natijalar barqaror bo‘lmadi.

Oxirgi uch oyni olsak, yaxshilanish uchun imkoniyatlar juda ko‘p.

Shu bilan birga, "Jirona"ga qarshi o‘yindagi kabi vaziyatlar ham bor. Bu esa "Real" uchun Chempionlar ligasini yutish La Ligaga qaraganda osonroq ekanini ko‘rsatadi va bu ko‘p narsani anglatadi", — dedi Arbeloa.

10 aprel kuni La Liga doirasida "Real" va "Jirona" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu uchrashuvning 88-daqiqasida Kilian Mbappe raqib jarima maydonida yiqilgan vaziyatda hakam "Real" foydasiga penalti belgilamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!